Kuchli besh ligada 2025-yilda faqat bitta futbolchi Kilian Mbappedan ko‘proq gol urdi.
Bugun "Real" forvardi La Liganing 24-turi doirasida "Osasuna"ga qarshi o‘yinda hisobni ochdi. Bu uning yil boshidan beri 11-golidir.
Top-ligada faqatgina "PSJ" vingeri Usmon Dembeleda Kiliandan ko‘proq gol bor. Parijlik futbolchi bungacha 15 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgandi.