Ranchu ismli maymun Hindistonning Nyu-Deli shtatidagi Rossiya fan va madaniyat uyiga qorovul sifatida ishga taklif etildi. U mazkur markazni makakalardan himoya qiladi.
Makakalar juda tajovuzkor maymunlar sanalishadi. Ularga faqat ikki xil maymun bas kela oladi. Shulardan biri langurlar – ular katta va kuchli bo‘ladi. Makakalar ularning hidini yaxshi biladi va uni ko‘rgan zahoti bu maskanga yaqinlashishmaydi.
Langur ertalab soat to‘qqizdan kech soat beshgacha ishlaydi. U har kuni ishga kelib, o‘z xo‘jayini Ravining velosipedi bagajnigida o‘tiradi.
Ranchu – tajribali qorovul. Biror bir o‘zboshimcha makakani ko‘rib qolgan zahoti uni quvishga tushadi. Biroq bu holat kamdan-kam sodir bo‘ladi, chunki makakalarning o‘zi langurlardan juda qo‘rqishadi va u turgan yerga yaqinlashishmaydi.