Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Mayk Tayson bokschilik faoliyatidan oldin ham, davomida ham Muhammad Alini o‘ziga qahramon tutgan va u atigi 15 yoshida mashhur jangchiga bir va’da berganini ma’lum qildi.
Mayk Tayson atigi 15 yoshida bokschilik faoliyatini boshlaganida afsonaviy Muhammad Aliga u uchun «qasos olishga» va’da bergan.
All The Smoke Fight podkastida so‘zlagan Tayson shunday dedi: «1980 yil 2 oktyabrda Larri Xolms Alini mag‘lub etdi. Ertasi kuni ertalab Ali va Kas [D’Amato] telefonda gaplashishdi. Shunda u aytdi: ’Menda 15 yoshli qora tanli bola bor, u jahon chempioni bo‘ladi, u bilan gaplash, uning ismi Mayk Taysonʼ.
Men esa: ’Katta bo‘lganimda, sizning o‘chingizni olamanʼ, dedim. U aytganlarimga uncha e’tibor bermadi. Men uning uchun ikkalasini ham [Larri Xolms va Trevor Berbikni] yengdim.»
Tayson Aliga bergan va’dasida turdi. U 1986 yilda Las-Vegasda atigi 20 yoshida Berbikni texnik nokaut bilan,1988 yil yanvarida Xolmsni nokaut bilan yengdi.