Bugun 21 avgust, 2026 yil, juma

КИР

Maydanak rasadxonasiga butun osmonni kuzata oladigan zamonaviy teleskop o‘rnatildi

Maydanak rasadxonasiga butun osmonni kuzata oladigan zamonaviy teleskop o‘rnatildi


O‘zRes FA ma’lumotiga ko‘ra, 31 linzali teleskop majmuasi rasadxonada mahalliy va xitoylik olimlar hamkorligida ishga tushirilgan.

U gorizontdan 20 daraja balandlikdagi deyarli butun osmonni bir vaqtning o‘zida kuzatib, asteroidlar, meteorlar, sun’iy yo‘ldoshlar va kosmik chiqindilarni aniqlay oladi.

Tizimdagi ma’lumotlarni 16 ta kompyuter real vaqt rejimida qayta ishlaydi. Majmua bir sutkada 6–7 terabaytgacha ma’lumot yig‘ishi, ularni saqlash uchun esa 150 terabaytlik tizimdan foydalanishi mumkin.

Kiritildi: 22:15 20.08.2026. O'qildi: 302 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!