Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

May oyidan elektr energiyasi narxi oshadi

May oyidan elektr energiyasi narxi oshadi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat aholisiga murojaat qilib, hukumat elektr energiyasi narxini oshirishga majbur bo‘layotganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2023 yil may oyidan boshlab mamlakatda aholi uchun elektr energiyasi narxi 30 foizga oshib, 1 kVt/soat uchun 0,77 somdan 1 somga (taqriban 100 so‘mdan 130 so‘mga) yetadi.

“Sovet paytida bizda ortig‘i bilan elektroenergiya ishlab chiqarilar va biz uni qo‘shni davlatlarga eksport qilardik. Mustaqillik yillarida, afsuski, birorta ham gidroelektrstansiya qurilmadi.

Aholimiz soni bir yarim barobarga oshdi. Qurilishlar miqdori bir necha barobarga ko‘paydi. Agar 1991 yilda elektr energiyasi iste’moli 9 mlrd bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda bu 16 milliardni tashkil etmoqda.

Yuqori quvvatdagi transformatorlar va yuqori kuchlanishli liniyalar ham yangilanmadi. Elektr uskunalarining eskirganlik darajasi 80 foizdan yuqori. Bu inshootlar ittifoq paytida qurilgan va haligacha ishlayapti.

Shu bilan birga, energetika sohasining qarzi 137 mlrd somni tashkil etmoqda. Qo‘pol qilib aytganda, mahalliy energetika chalajon ahvolda”, – deya yozdi Japarov Facebook'dagi sahifasida e’lon qilgan murojaatida.

Qirg‘iziston prezidentiga ko‘ra, oxirgi 15 yildan buyon mamlakat qishki vaqtda qo‘shnilaridan 3 mlrd kVt/soat elektr energiyasini 3 somdan import qilib, aholiga 0,77 tiyindan sotib kelgan.

Japarov o‘tgan yili tog‘-kon sanoati uchun mo‘ljallangan tarif qariyb 5 som, davlat korxonalari uchun esa 3 som 40 tiyin etib belgilangani, lekin aholi uchun tariflar 0,77 tiyin bo‘lib o‘zgarmay qolganini ta’kidlagan.

U qattiq sovuq sabab mamlakatga energiyaga bo‘lgan talab oshib ketgani, ayni kunlarda ro‘y berayotgan uzilishlar yirik avariyalarning oldini olish uchun ko‘rilayotgan majburiy chora ekani, aks holda butun Markaziy Osiyo birlashgan energiya tizimida avariya yuzaga kelib, 2022 yil 25 yanvarda bo‘lgani kabi blekaut takrorlanishi mumkinligini bildirgan.

“Oddiy tilda aytganda, eski va yaroqsiz avtomobilni kapital ta’mirlagandek, davlat ham uskunalarning eskiligiga qaramay, o‘z professionallari yordamida qishga yaxshi tayyorgralik ko‘rdi.

Xudo xohlasa, biz qishdan yaxshi chiqib olamiz. Alohida noqulayliklar bo‘lgan bo‘lsa, aholidan uzr so‘rayman”, – degan Qirg‘iziston rahbari.

U yuqoridagilardan kelib chiqib aholi uchun elektr energiyasi tarifi may oyidan boshlab 0,77 tiyindan 1 so‘mgacha oshirilayotganini ma’lum qilgan.

Qayd etish lozim, qattiq sovuq kunlarida Qirg‘iziston To‘xtagul GESini ishlatishiga to‘g‘ri kelgan.

Kiritildi: 23:34 24.01.2023. O'qildi: 10327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!