1–10 may kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 4 may kuni shimoli-g‘arbiy hududlarda, 6-7 may kunlari respublikaning qolgan hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Hafta davomida havo harorati 23-28° gacha pasayadi, o‘n kunlik oxirida esa harorat yana ko‘tarila boshlaydi.
Keyinchalik may oyining oxirigacha harorat kechalari 10-13° dan 17-20° gacha, kunduz kunlari 22-25° dan 32-35° gacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Ammo esdan chiqarmaslik joizki, may oyida kuchli jala yomg‘irlar yog‘adi, bunda bir necha soat ichida oylik yog‘ingarchilik me’yorining yarmigacha yoki undan ko‘p qismi yog‘ishi kuzatiladi.