May oyi davomida Rossiyaning Maxachqal’a shahridan Toshkentga parvozlar kechikishi mumkin, deb xabar berdi Uzbekistan Airways matbuot xizmati.
Bu 1-maydan 31-maygacha bo‘lgan Maxachqal’a — Toshkent reyslariga tegishli bo‘lib, “Haj-2025” dasturining o‘tkazilishi va Maxachqal’a xalqaro ayeroportida yo‘lovchilar oqimining ko‘payishi bilan bog‘liq:
“Aeroportga yetib kelishni oldindan rejalashtirishni va parvozdan oldingi nazoratdan o‘tishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kechikishlarni inobatga olishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.