Jinoyat kodeksining 266-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish takliflari muhokama qilindi. Qo‘mita raisi Qutbiddin Burxonov 2020—2024 yillarda mast haydovchilar sababli 600 ga yaqin YTH sodir etilganini ta’kidladi. 2024 yilning o‘zida 405 ta YTH ro‘yxatga olingan.
Yig‘ilishda Bosh prokuratura, Adliya va IIV mutasaddilari takliflarini muhokama qilishdi. Mast holda yoki haydovchilik huquqidan mahrum qilingan holda transport boshqarganlarga nisbatan jazoni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlash uchun ishchi guruh tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.