Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Oq uy: "Agar AQSh bo‘lmaganida fransuzlar hozir nemis tilida gaplashayotgan bo‘lar edi"

Oq uy: "Agar AQSh bo‘lmaganida fransuzlar hozir nemis tilida gaplashayotgan bo‘lar edi"

"Agar Qo‘shma Shtatlar bo‘lmaganida, fransuzlar hozir nemis tilida gaplashayotgan bo‘lar edi".

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt jurnalistlar uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda ma’lum qildi.

U Fransiya parlamenti deputatining Ozodlik haykalini qaytarish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi va Ikkinchi jahon urushida AQSh yordamisiz hozir Fransiya nemis tilida gaplashayotgan bo‘lishini ta’kidladi.

"Ushbu past toifadagi fransuz siyosatchisiga maslahatim shuki, fransuzlar bugun nemis tilini bilmasligi faqat Qo‘shma Shtatlar tufayli ekanligini yodda tuting. Shuning uchun ular buyuk mamlakatimizdan juda minnatdor bo‘lishlari kerak" - dedi u.

Kiritildi: 00:19 18.03.2025. O'qildi: 1276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!