Ilon Mask Oq uyning ofis maydonidan biznesmen Vivek Ramasvami bilan birga rahbarlik qiladigan yangi DOGE (Hukumat samaradorligi departamenti) shtab-kvartirasi sifatida foydalanish niyatida.
Bu haqda The New York Times manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shtab-kvartiraning bunday joylashuvi Maskga, kerak bo‘lsa, 20 yanvar kuni inaugurasiya marosimidan so‘ng "AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan tezkor kirish imkoniyatiga ega bo‘lish" imkonini beradi. Biroq nashr manbalarining qayd etishicha, Mask Tramp jamoasi a’zolari bilan suhbat chog‘ida uning davlat rahbari idorasi joylashgan Oq uyning G‘arbiy qanotiga kirish tartibi qanday bo‘lishini aniqlay olmagan.
Nashrning yozishicha, Ramasvami ham Mask kabi Oq uy binolaridan foydalanish huquqini oladimi yoki yo‘qmi, hozircha aniq emas. Bundan tashqari, ularning bo‘lajak bo‘limi xodimlari va Maskning o‘zi haqida ma’lumotlar oshkor etilmagan. Trampning o‘tish davridagi jamoasining ba’zi a’zolari biznesmen “maxsus davlat xodimi”ga aylanishi mumkinligini taxmin qilishdi, bu maqom oddiy davlat xodimlariga qaraganda shaxsiy moliyaviy ma’lumotlarni oshkor qilish bo‘yicha ko‘proq moslashuvchan qoidalarga ega.