Bugun 16 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mask Marsga ilk parvozni qachon amalga oshirishini aytdi

Mask Marsga ilk parvozni qachon amalga oshirishini aytdi

Mask Marsga ilk parvozni 2026 yil oxirida amalga oshiramiz deydi Ilon Mask.

Amerikalik tadbirkor o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida Marsga ilk parvoz haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026 yilning oxirida Starship kemasi “Qizil sayyora”ga yo‘l oladi. Qayd etilishicha, ushbu parvozda insonlar emas, balki Tesla tomonidan tayyorlangan gumanoid robot – Optimus qatnashadi.

"Agar bu missiya muvaffaqiyatli o‘tsa, insonlarning Marsga qadam qo‘yishi 2029 yilga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ammo katta ehtimol bilan bu 2031 yilda amalga oshadi", – deb yozdi Mask.

Eslatib o‘tamiz, Optimus 2024 yil kuzida Tesla tomonidan namoyish etilgan bo‘lib, sun’iy intellekt asosida ishlaydigan robot sifatida taqdim etilgan.

Kiritildi: 13:58 15.03.2025. O'qildi: 789 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!