Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mask AQShni Starlink sun’iy yo‘ldoshlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri mobil aloqa bilan ta’minlamoqchi

Mask AQShni Starlink sun’iy yo‘ldoshlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri mobil aloqa bilan ta’minlamoqchi


Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi AQSh mobil aloqa bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya mamlakatning butun hududini qamrab olish imkonini beradigan radio chastotalarni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

SpaceX ma’lum qilishicha, Starlink Mobile xizmati orqali oddiy smartfonlar mobil aloqa minoralarisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sun’iy yo‘ldoshlarga ulanishi mumkin.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, signal binolar devorlaridan ham o‘tib, xona ichida barqaror aloqani ta’minlash imkoniga ega bo‘ladi.

Agar reja to‘liq amalga oshsa, bu mobil aloqa qamrovini kengaytirish, ayniqsa, an’anaviy aloqa infratuzilmasi yetib bormagan hududlarda telefondan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Kiritildi: 17:26 09.10.2026. O'qildi: 1155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!