Amerikalik tadbirkor Ilon Mask boyligi 500 milliard dollarga yetgan birinchi odamga aylandi.
Bu haqda Forbes jurnali ma’lum qildi.
Nashrning qayd etishicha, Sharqiy vaqt bilan soat 15:30da Tesla va SpaceX bosh direktori, X ijtimoiy tarmog‘i egasi va Neuralink neyrotexnologiya kompaniyasining boyligi 500 milliard dollarga yetgan. Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, 2 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:15 holatiga ko‘ra Maskning boyligi 500,5 milliard dollarga oshgan.
Jurnal Maskning yuksalishini uning hukumat samaradorligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimini tark etish va biznesga e’tibor qaratish qarori bilan bog‘laydi.
Mask Forbes milliarderlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. Undan keyin Oracle rahbari Larri Ellison (351,6 milliard dollar), Meta korporasiyasi asoschisi Mark Sukerberg (246,1 milliard dollar), Amazon asoschisi Jeff Bezos (233,2 milliard dollar) va Google asoschisi Larri Peyj (204,6 milliard dollar) bormoqda.
Avvalgi rekord ham Maskga tegishli: o‘tgan yilning dekabr oyida u boyligi 400 milliard dollardan oshgan birinchi shaxs bo‘lgan edi.