Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida fuqaro mashina ustida pirotexnika vositalaridan foydalangani aks etgan video tarqalgandi. Holatga viloyat IIBB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, tezkor-surishtiruv tadbirlari natijasida haydovchi va qoidabuzar shaxs aniqlangan.
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida harakatlanib ketayotgan avtomobil ustiga chiqib, pirotexnika vositasidan foydalangan fuqaro javobgarlikka tortildi.
3 avgust kuni sodir bo‘lgan hodisa videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Tezkor choralar natijasida haydovchi va yo‘lovchi aniqlandi.
Sud qaroriga ko‘ra, 2004 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi 7 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi, haydovchi 1 yilga haydash huquqidan mahrum etildi va 25 BHM miqdorida jarima to‘laydi.
Ma’muriy kodeksning 128-10, 183 va 185-1-moddalari asosida javobgarlik belgilandi.