Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Mashina oynasidan oyoqlarini chiqarib harakatlangan fuqaroga qanday jazo berildi?

Mashina oynasidan oyoqlarini chiqarib harakatlangan fuqaroga qanday jazo berildi?

O‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda “Matiz” rusumli taksi avtomashinasining old yon oynasidan bir kishining oyoqlari chiqib turgan holda harakatlanayotgani tarqalgan edi.
Ushbu holatga viloyat IIB YHX boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. Unda quyidagilar bayon qilingan:
2019 yil 10 avgust kuni soat 16:00 larda haydovchi Samarqand shahrida yashovchi Hasan Abdumannonov boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasida Dahbed ko‘chasida xarakatlanib ketayotgan vaqtida yo‘lovchi Baxrillo Qudratov avtomashina oynasidan oyoqlarini tashqariga chiqarib yurgan.
Aniqlanishicha, Baxrillo Qudratov o‘sha kuni spirtli ichimlik iste’mol qilgan bo‘lgan. Ushbu holat yuzasidan haydovchi Hasan Abdumannonovga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, haydovchi va yo‘lovchiga nisbatan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Kiritildi: 15:47 12.08.2019. O'qildi: 1620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!