Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mashina ichida sigaret chekish taqiqlanishi mumkin

A A A
Mashina ichida sigaret chekish taqiqlanishi mumkin

Ispaniya hukumati 2023 yilgacha tamaki tutunidan xoli hududlarni ko‘paytirishni rejalashtirgan. Chekishga qarshi kurashish choralari orasida shuningdek, tamaki mahsulotlariga soliq miqdorini oshirish ham ko‘rsatilgan.

Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda tamaki iste’moliga qarshi kurashish bo‘yicha yangi reja tayyorladi, deb xabar berdi 20 Minutos nashri.

Nashrning ma’lumot berishicha, hukumat sa’y-harakati koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishga yo‘naltirilgani sababli chekishga qarshi kurashish bo‘yicha choralar ko‘rish kechikib ketgan. Sog‘liqni saqlash vazirligining rejasiga ko‘ra, ispaniyaliklarga mashina ichida sigaret chekish taqiqlanadi.

Qayd etilishicha, Ispaniya hukumati 2023 yilgacha tamaki tutunidan xoli hududlarni ko‘paytirishni rejalashtirgan. Chekishga qarshi kurashish choralari orasida shuningdek, tamaki mahsulotlariga soliq miqdorini oshirish ham ko‘rsatilgan.

Evropa statistika agentligining ma’lumotiga ko‘ra, yoshi 15dan oshgan har beshinchi yevropalik har kuni sigaret chekadi. Ularning uchdan ikki qismi kuniga bir qutidan kamroq, bir qismi esa bir qutidan ko‘proq sigaret chekadi.

Kiritildi: 13:55 09.12.2021. O'qildi: 4180 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!