Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mashina ichida bolalar bo‘lganda tamaki chekish taqiqlandi

A A A
Mashina ichida bolalar bo‘lganda tamaki chekish taqiqlandi

Qozog‘iston Respublikasida ichida bolalar bor mashinada tamaki chekish taqiqlandi. 

Ta’kidlanishicha, deputatlar ikkinchi o‘qishda sog‘liqni saqlash sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga chekishning oldini olish va unga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaslik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlarni ma’qulladi.

O‘zgartirishlarga ko‘ra, voyaga etmaganlar bo‘lgan avtomobillarda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Ushbu qonunbuzarlik uchun 10 oylik hisoblash indeksi va takroran sodir etilgan huquqbuzarlik uchun 20 oylik hisoblash indeksi miqdorida ma’muriy jarima belgilanadi.

O‘zgartirishlar, shuningdek, 21 yoshga to‘lmaganlarga tamaki mahsulotlarini sotishni taqiqlaydi.

Kiritildi: 11:38 14.05.2020. O'qildi: 2846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!