Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi o‘z shaxsiy samolyotini mamlakat prezidenti Alberto Fernandes foydalanib turishi uchun taqdim etdi. Davlat rahbari samolyotda Meksikaga borib keladi.
Prezident samolyotni 4 kunga ijaraga oldi. Buning uchun 160 ming dollar to‘laydi. Ma’lumotlarga qaraganda, Messining samolyoti koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha barcha shart-sharoitlarga ega.
15 million dollarlik samolyot Argentinada ro‘yxatga olingan. Odatda u Messi tug‘ilib o‘sgan shahar Rosariodagi aeroportda turadi.