Bugun 15 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Mashhur basketbolchi Islomni qabul qildi

Mashhur basketbolchi  Islomni qabul qildi

42 yoshli Stiven Jekson Filadelfiyadagi «Ibn Usaymin» masjidida o‘tkazilgan marosimda qatnashadi. Keyinchalik buni hayotidagi unutilmas kunlardan biri deb ta’riflaydi, u o‘zining instagram sahifasida. Shu tashrif sabab, Stiven Jekson Islomni qabul qiladi. Bu haqda theislamicinformation.com sayti xabar berdi.

2015 yilda u 17 yil davom etgan mashhurlik va shov-shuvli karyerasidan so‘ng Milliy basketbol assosiasiyasi chempionidan iste’foga chiqadi. U NBA ning o‘zida 14 mavsum o‘ynagan. 2002-2003 yilgi mavsumda San-Antonio Spurs jamoasining muhim a’zosi bo‘lgan. Shu vaqt mobaynida u jamoasi bilan NBA chempionligini qo‘lga kiritgan.

Yoshligidan uni onasi Texasdagi Xyustonda tarbiyalagan. Uning o‘gay ukasi 16 yoshida zo‘ravonlik bilan o‘ldirilgan va buning oqibatida Jeksonning hayoti muammalorga duch kelgan.

Jekson ushbu qiyinchiliklarga qaramay, NBA chempionligi uchun sabr matonat bilan shug‘ullanishni davom ettirgan sportchilardan hisoblanadi. U «Golden State Warriors», «Indiana Pacers», «Milwaukee Bucks» va «Atlanta Hawks» kabi jamoalarda o‘ynagan.

«U Golden State Warriors ning yetakchi o‘yinchilaridan bo‘lgan va jamoaning yuragi edi», deya ta’kidlaydi mashhur basketbolchi Baron Devis.

Xurshid Ma’ruf tayyorladi

Manba: islom.uz

Kiritildi: 06:00 03.02.2021. O'qildi: 4925 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!