Bugun 9 may, 2026 yil, shanba

КИР

Banklardan 500 dollargacha naqd valyutani pasportsiz sotib olish mumkin bo‘ladi

Banklardan 500 dollargacha naqd valyutani pasportsiz sotib olish mumkin bo‘ladi

Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar (2886-12, 08.05.2026y) kiritildi.

Qoidalarga kiritilgan o‘zgarishlar bilan, joriy yil 9 avgustdan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasini sotib olishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladigan 100 AQSh dollari limiti 500 AQSh dollarigacha oshirildi.

Ya’ni, ekvivalenti 500 AQSh dollarigacha bo‘lgan chet el valyutasining naqd sotib olinishida shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etilmaydi.

Qoidalarga boshqa bir qator o‘zgartirishlar kiritilgan va 9 avgustdan kuchga kiradi.

Kiritildi: 22:57 08.05.2026. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!