Jaloliddin Masharipov Qatarga qarshi final o‘yini sotilganligi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi. U bu haqda instagram sahifasidagi jonli efir vaqtida gapirdi.
«Menga ijtimoiy tarmoqlardan bu haqida juda ko‘pchilik yozdi. Qatarga qarshi kechgan penaltilar seriyasi borasida haligacha tanqidlarni ko‘ryapman. Hayron qolyapman, sizlarning xayolingizga qayerdan keladi bu gaplar? Qanaqa qilib vatanni sotish mumkin? Iltimos, ozgina farosatni ishlatinglar.
Xudoga shukur, ota-onamiz harom luqma bilan boqishmagan va bizga ham buni o‘rgatishmagan».