O‘zbekiston terma jamoasi qanot hujumchisi Jaloliddin Masharipov Qatarga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan (2:3) so‘ng o‘z Instagram sahifasida bunga munosabat bildirdi.
"Inshaolloh, hammasi yaxshilikka. Hali o‘yin tugamadi, endi boshlandi. Biz kuchli vatanmiz, kuchli bo‘lib qaytamiz", - deb yozdi futbolchimiz.
Vakillarimiz 19 noyabr kuni Shimoliy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.