Bugun 1 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Marvel”ning eng yaxshi yovuz qahramonlari reytingi e’lon qilindi

A A A
“Marvel”ning eng yaxshi yovuz qahramonlari reytingi e’lon qilindi

“Collider” nashri “Marvel” olamining eng yaxshi yovuzlari reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni "Qora pantera" filmida aktyor Maykl Bakari Jordan tomonidan gavdalantirilgan yovuz qahramon Erik Killmonger egalladi. Qayd etilishicha, ushbu kino qahramon "mantiqiy va oqilona" o‘ylaydigan yovuz sifatida tan olingan.

“Qasoskorlar” hamda “Tor sarguzashtlari” kartinalarida britaniyalik aktyor Tom Xiddlston tomonidan gavdalantirilgan Loki obrazi esa ikkinchi o‘rinni zabt etdi.

O‘rgimchak odamni yo‘q qilishga uringan aktyor Maykl Kiton tomonidan o‘ynalgan Edrian Tums qahramoni esa kuchli uchlikka yakun yasadi.

Shuningdek, eng yaxshi yovuz qahramonlar ro‘yxatiga Tanos, Ego hamda Qizil Boshsuyagi (Qasoskorlar) ham kiritildi.

 

 

Kiritildi: 04:30 13.07.2020. O'qildi: 7556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!