Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Mart oyidan MIB xodimlari bodi kameradan foydalanishni boshlaydi

Mart oyidan MIB xodimlari bodi kameradan foydalanishni boshlaydi

2026 yil martidan majburiy ijro byurosi xodimlari bodi kameradan foydalanishni boshlaydi. Bu haqda 20 fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida MIB matbuot kotibi Farruh Toshpo‘latov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, dastlab Toshkent viloyatining Piskent va Oqqo‘rg‘on tumanlarida bodi kameradan foydalanish test rejimidan o‘tkazilgan.

«Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni bilan 3 mingdan ortiq xodimni planshetlar bilan ta’minladik. Ular mahallabay kesimida ish olib borgani uchun bu juda samara beryapti: xodim ijroga qaratilgan ob’ektni foto va videoga oladi, monitor markazidagi mutaxassislar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaplashadi. Endi esa xodimlar faoliyati davomida bodi kameradan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi», — deydi Toshpo‘latov.

«Byuro xodimlarining fuqarolar bilan odob-axloq normalariga rioya etgan holda muomala qilishi hamda noxush holatlarning oldini olishda bodi kamera juda katta rol o‘ynaydi. O‘tgan yili xodimlarga nisbatan 20 dan ortiq holatda qarshiliklar ko‘rsatilgan. Bodi kamera ijrochilarni ham, fuqarolarni hushyorlikka chaqiradi. Chunki qurilmaga yozilgan har bir xatti-harakat sudda dalil bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Farruh Toshpo‘latovning so‘zlariga ko‘ra, mart oyida 204 ta tuman va shahar bo‘limlariga bodi kameralar taqdim etiladi.

«Xodimlar qurilmani har doim o‘zi bilan birga olib yurmaydi. Aynan tomonlar qarshiligiga uchrash ehtimoli yuqori bo‘lgan vaziyatlar: uydan chiqarish yo uyga kiritish, „snos“ kabi holatlarda bodi kamera taqib oladi. Ijro ishi soni ko‘pligiga qarab, ayrim tumanlarga ikkitadan qurilma berish rejalashtirilgan», — deydi MIB rasmiysi.

Kiritildi: Bugun 10:25. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!