Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Marsda sirli eshik topildi

A A A
Marsda sirli eshik topildi

Marsda noodatiy ob’ekt aniqlandi. Gap sun’iy ravishda yasalgan eshikka o‘xshash ma’lum bir tuzilma haqida ketmoqda.

Ob’ekt joriy yilning 7 may kuni NASA Curiosity roveridagi Mastcam-Z kamerasi tomonidan suratga olingan.

Suratdan sirli “eshik”ning haqiqiy ko‘lamini aniqlash qiyin. O‘z navbatida, NASA bu suratga hali izoh bermagan. Biroq, Reddit forumi sharhlovchilari rasmda tosh qatlamlari siljishi natijasida hosil bo‘lgan yoriq ko‘rsatilgan degan xulosaga kelgan.

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi “Marsquake” joriy yil 4 mayda sodir bo‘lgan, hozirda olimlar uning oqibatlarini o‘rganmoqda.

Kiritildi: 17:42 15.05.2022. O'qildi: 5757 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!