Marokashning Rabatdan 330 kilometr janubda, Atlantika okeani sohilida joylashgan Safi viloyatida kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan toshqin 14 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
Bu haqda TanjaNews portali xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 30 dan ortiq kishi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Hududda qutqaruv ishlari va bedarak yo‘qolganlarni qidirish davom etmoqda.
Suv toshqini viloyat markazi Safi shahriga katta zarar yetkazdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 70 ta turar-joy binosi va do‘konlar suv ostida qolgan, yo‘lning bir qismi shikastlangan.