Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Marokashda samolyotning halokatga uchrashi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

Marokashda samolyotning halokatga uchrashi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi

28 iyul kuni Marokash shimolidagi Fes-Saiss aeroportida Alphajet o‘quv samolyoti halokatga uchradi.

Bu haqda Maghreb Arabe Presse agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqeada qirollik havo kuchlarining mashg‘ulotlar missiyasini bajarayotgan ikki zobiti halok bo‘lgan.

Marokash qirollik qurolli kuchlari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Voqea sabablarini aniqlash uchun tergov komissiyasi tuzildi.

Kiritildi: 09:15 29.07.2025. O'qildi: 709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!