Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Marokash va Yamanda minglab odamlar Isroilning G‘azodagi genosidiga qarshi ko‘chalarga chiqdi

Marokash va Yamanda minglab odamlar Isroilning G‘azodagi genosidiga qarshi ko‘chalarga chiqdi

Marokash va Yamanda minglab odamlar Isroilning G‘azo sektoridagi falastinliklarga qarshi genosid va aholiga nisbatan qasddan olib borilayotgan ochlik siyosatini qoralash uchun ko‘chalarga chiqishdi.

Marokashda Ummat ishlarini qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi tashabbusi bilan G‘azo bilan birdamlik namoyishlari 93 haftadan beri uzluksiz davom etmoqda. Mahalliy ommaviy chiqishlar mamlakatning ko‘plab shaharlarida o‘tdi.

Norozilikchilar qo‘llarida “Dunyoning ozod xalqi, sionizm va AQShga yo‘q deymiz”, “Falastin – ahd, normallashuv – xiyonat”, “Genosidga yo‘q!” kabi shiorlar yozilgan plakatlarni ko‘tarib chiqishdi hamda Falastin qarshiligini qo‘llab-quvvatlovchi chaqiriqlar aytdilar.

Yamanda esa yuz minglab odamlar yig‘ildi. Husiylar yetakchisi Abdulmalik al-Husiy chaqirig‘i bilan minglab yamanliklar ham ko‘chalarga chiqib, G‘azo sektoriga birdamlik izhor qilishdi.

Namoyishchilar genosid va G‘azo blokadasini qoralab, Isroilni urush jinoyatlarida ayblashdi hamda Yamanga qilingan zarbalarni qattiq qoraladilar. Ular Falastin qarshiligini doimo qo‘llab-quvvatlashlarini ta’kidlab, o‘z hamdardlik va hamjihatliklarini izhor etdilar.

Kiritildi: 15:35 13.09.2025. O'qildi: 255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!