Bugun 26 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Markus Zyoder Germaniyada majburiy harbiy xizmatni tiklashga chaqirmoqda

Markus Zyoder Germaniyada majburiy harbiy xizmatni tiklashga chaqirmoqda

Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder Germaniyada harbiy majburiyatni «iloji boricha tezroq» qayta tiklashga chaqirdi.

Bild nashriga bergan intervyusida u majburiy chaqiruvsiz Bundesver (Germaniya qurolli kuchlari) Yevropaning eng yirik armiyasiga aylana olmasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun faqat ixtiyoriy xizmatning o‘zi yetarli emas, himoyasiz ozodlikka esa erishib bo‘lmaydi.

«Biz mamlakatimizning zarur xavfsizligiga faqat ixtiyoriy asosda erisha olmaymiz», — deya alohida qayd etdi Bavariya hukumati rahbari. Shuningdek, Zyoder zaxiradagi harbiylarni tayyorlash konsepsiyasini ishlab chiqish tarafdori ekanini ham bildirdi.

Kiritildi: Bugun 17:31. O'qildi: 225 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!