Bugun 8 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Marko Rubio iste’foga chiqishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Marko Rubio iste’foga chiqishi haqidagi xabarlarni rad etdi

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Donald Tramp ma’muriyatini tark etish rejasi yo‘qligini ma’lum qildi. U The New York Times nashriga bergan intervyusida prezidentlik muddati tugaguniga qadar ishlashni rejalashtirganini aytdi.

Rubio, shuningdek, 2028 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashishi haqidagi savollarga javob berishdan bosh tortdi. Agar vise-prezident Jey Di Vens nomzodini ilgari sursa, uni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Avvalroq Bloomberg va The Independent nashrlari Rubio 2028 yilgi saylovlarda qatnashish uchun iste’foga chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida yozgan edi.

Kiritildi: 12:05 06.11.2026. O'qildi: 617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik