Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Marko Rubio Isroil va Livan o‘rtasidagi mojaroni yumshatishga qaratilgan yangi tashabbusni ilgari surdi

Marko Rubio Isroil va Livan o‘rtasidagi mojaroni yumshatishga qaratilgan yangi tashabbusni ilgari surdi

Ma’lum qilinishicha, Marko Rubio so‘nggi 48 soat ichida Livan prezidenti Jozef Aun va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan muzokaralar o‘tkazgan.

AQSh taklifiga ko‘ra, birinchi bosqichda “Hizbulloh” Isroilga qarshi barcha hujumlarni to‘xtatishi kerak. Bunga javoban Isroil ham Livanga nisbatan harbiy harakatlarni kuchaytirmaslik majburiyatini oladi. Amerikalik rasmiylardan birining ta’kidlashicha, bu qadamlar bosqichma-bosqich keskinlikni kamaytirish va jangovar harakatlarni samarali to‘xtatish uchun imkon yaratadi.

Al Jazeera xabariga ko‘ra, Livan prezidenti Jozef Aun Qo‘shma Shtatlarning sulh taklifini qo‘llab-quvvatlamoqda. Livan parlamenti spikeri Nabih Berri esa “Hizbulloh” o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya qilishini bildirgan, biroq sulhning dastlabki qadamlari bo‘yicha mas’uliyatni Isroil zimmasiga yuklagan.

AQSh ma’muriyati vakili “Hizbulloh” Eron siyosatiga ergashayotganini va mojaroning davom etishidan manfaatdor ekanini ta’kidlagan. Uning fikricha, Eron Livandagi ziddiyatni cho‘zish orqali keyinchalik mojaroni hal qilishdagi rolini namoyish etishga urinmoqda.

Shuningdek, AQSh tomoni tinch aholiga qarshi hujumlar davom etayotgan bir paytda Isroil bunga chidab turishini kutmasligini bildirib, keskinlikni pasaytirishning eng oson yo‘li “Hizbulloh” tomonidan zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish ekanini qayd etgan.

Kiritildi: Bugun 15:43. O'qildi: 229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!