AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi bilan hech qachon aloqada bo‘lmaganini aytdi.
Rubio bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
"Men hech qachon Eron tashqi ishlar vaziri bilan gaplashmaganman. Aytganimdek, u bizning xalqimiz bilan kamdan-kam muloqot qiladi. Bu asosan bilvosita suhbatlar", dedi Rubio.
Uning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi haftalarda Islomobodda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar bilan bog‘liq ba’zi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar bo‘lgan.
"Ammo ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar juda kam uchraydi, juda maxfiy va faqat ularning tarmog‘idagi bir yoki ikki kishi orqali amalga oshiriladi", deb qo‘shimcha qildi Davlat kotibi.