Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

“Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak” xalqaro kongressi boshlandi

“Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak” xalqaro kongressi boshlandi

O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazida “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak” mavzusidagi xalqaro kongress o‘z ishini boshladi.

Forum Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjondan kelgan 300 ga yaqin olim, san’atshunos va ta’lim sohasi vakillari ishtirok etmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev forum ishtirokchilariga yo‘llagan qutlov so‘zida tinchlik va barqarorlikni asrash, ilm va ma’rifatga tayanish hamda xalqlar o‘rtasida hamjihatlik muhitini mustahkamlash muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.

Kongressning asosiy maqsadi — Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy va ilmiy merosini umumiy rivojlanish va hamkorlik asosi sifatida tahlil qilishdir. Shu bilan birga, tadbir doirasida davlatlar o‘rtasidagi gumanitar aloqalarni kengaytirish, madaniy merosni asrash va ilmiy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilinmoqda.

Tadbirning Islom sivilizasiyasi markazida o‘tkazilishi ramziy ahamiyatga ega — bu markaz mintaqaning ilmiy, madaniy va ma’rifiy rivojining muhim markazi hisoblanadi. Kongress oldidan Hazrati Usmon (r.a.) davrida ko‘chirilgan muqaddas Usmon Mushafi ham mana shu markazga ko‘chirildi.

Dastur doirasida tarix, madaniyat, fan va ta’lim sohalari bo‘yicha sho‘’ba yig‘ilishlari, forumlar hamda ko‘rgazmalar o‘tkaziladi. Jumladan:

  • Markaziy Osiyo tarixiy merosi: yagona o‘tmish – umumiy kelajak” tarixchilar forumi;

  • Markaziy Osiyo: buyuk o‘tmish va buyuk kelajak” badiiy ko‘rgazmasi;

  • Tirik tarix” xalqaro kino forumi;

  • Yoshlar va raqamli davr: qadimiy qo‘lyozmalardan sun’iy intellektgacha” mavzusidagi sho‘’ba yig‘ilishi.

Kongress 15 noyabrga qadar davom etadi. Tadbir O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti va WOSCU hamkorligida tashkil etilgan.

Kiritildi: 19:06 13.11.2025. O'qildi: 468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!