Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

"Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisod aql bovar qilmas darajada pasayadi"

"Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisod aql bovar qilmas darajada pasayadi"

Koronavirus pandemiyasi tufayli Markaziy Osiyo mintaqasida  iqtisodiy pasayish ko‘lami aql bovar qilmas darajada bo‘ladi.

Bu haqda Osiyo taraqqiyot banki dokladida aytilgan.

Ekspertlar ta’kidiga ko‘ra, respublikalar, shu jumladan, O‘zbekistonni direktiv organlari va markaziy banklari mintaqa iqtisodini pandemiya avj olgan bir sharoitda bir tekisda ushlab qolish uchun qat’iy choralar qabul qilishlari lozim bo‘ladi.

Shu bilan birga, COVID-19 va o‘tgan oyda joriy etilgan ko‘plab cheklovlar jami dunyo iqtisodiga juda jiddiy ta’sir ko‘rsatib, joriy yilda bu borada pasayish kuzatiladi, deyiladi dokladda.

"COVID-19 epidemiyasi 2020 yilda jahon iqtisodini jiddiy resessiyaga olib keladi. Mart oyi boshidan pandemiya Afg‘oniston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikasi, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘ylab tez sur’atlarda tarqaldi", — deydi mutaxassislar.

Hozirda mintaqalar majburan kiritilgan cheklov choralari oqibatlariga ro‘baro bo‘lmoqda.

Tovar tashish, turizm, pul o‘tkazmalari va moliyaviy oqimlarni o‘z ichiga oluvchi global va regional aloqalarning izdan chiqishi, shuningdek ichki ishlab-chiqarishning qisqartirilishi - bularning barchasi iqtisodga ta’sir etmasdan qolmaydi, deya qayd etadi ekspertlar.

Shu bilan birga OTB respublika hukumati respublikalar hukumatlari o‘z ilohot dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va iqtisodni qayta tiklash uchun ketadigan vaqtni qisqartirish uchun bor muhim va zarur choralarni ko‘rayotganliklarini qayd etgan.

Kiritildi: 07:24 01.05.2020. O'qildi: 6019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!