Kelgusi 5 yilda “Gazprom”ning Markaziy Osiyoga gaz yetkazib berish hajmi ikki barobardan ortiqqa oshishi kutilmoqda. Ilgari Yevropa uchun mo‘ljallangan gaz endi yangi yo‘nalishlarga burilmoqda.
2030 yilga borib O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga eksport 20 mlrd kub metrga yetishi mumkin. Asosiy o‘sish O‘zbekiston hisobiga — gaz importi 3 mlrddan 12 mlrd kub metrgacha oshadi.
Sabab esa aniq mamlakatda gaz qazib olish hajmi kamayib bormoqda.