Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahat uchrashuvi bu yil Dushanbeda o‘tkaziladi

A A A
Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahat uchrashuvi bu yil Dushanbeda o‘tkaziladi

Joriy yilning 14-15 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Beshinchi yubiley Maslahatlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Shu kunlari Tojikiston poytaxtida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasini ta’sischi davlatlar rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisi ham bo‘lib o‘tadi. Sammit ishida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston prezidentlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari uchrashuvini o‘tkazish uchun Tojikistonda keng qamrovli tayyorgarlik ishlari boshlangan, deyiladi O‘zA e’lon qilgan xabarda.

Kutilishicha, Beshinchi yubiley Maslahatlashuv uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qator muhim hujjatlar imzolanadi. Sammit yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining qo‘shma bayonoti qabul qilinishi aytilmoqda.

Kiritildi: 20:11 16.03.2023. O'qildi: 1685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!