Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Markaziy bank izohi: “Humans” ishi Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganilyapti”

Markaziy bank izohi: “Humans” ishi Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganilyapti”

Markaziy bank “Humans” MCHJ kompaniyasi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan qisqa bayonot berdi.

Bayonotda aytilishicha, “Humans” MCHJ kompaniyasiga to‘lov xizmatlarini taqdim etgan “Octagram” AJ to‘lov tashkilotida Markaziy bankning tegishli farmoyishiga asosan ishchi guruh tuzilib, tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruv natijalari bo‘yicha tuzilgan ma’lumotnoma belgilangan tartibda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga huquqiy baho berish uchun taqdim etilgan.

“Ayni paytda “Humans” kompaniyasi bilan bog‘liq holat Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganilmoqda.

Mazkur holat bo‘yicha fuqarolardan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari so‘raladi.

Shu o‘rinda yana bir bor ta’kidlaymizki, har bir bank va to‘lov tashkiloti moliyaviy xizmatlardan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlashi shart”, - deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 11:10 07.01.2026. O'qildi: 900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!