Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Markaziy bank delegasiyasi Koreyaning Seul shahrida qator moliya tashkilotlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

A A A
Markaziy bank delegasiyasi Koreyaning Seul shahrida qator moliya tashkilotlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki delegasiyasi 6-8 noyabr kunlari Koreyaning Seul shahrida Jahon banki tomonidan tashkil etilgan “Xalqaro zaxiralarni boshqarish” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etdi hamda Koreyaning yetakchi banklari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Forum davomida qator xorijiy markaziy banklarning rahbarlari hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida xalqaro zaxiralarni boshqarish, monetar siyosat va zaxiralarni boshqarishning mutanosibligini ta’minlash hamda Markaziy bankning aktiv va majburiyatlarini boshqarish bo‘yicha tajriba almashildi.

Tashrif doirasida Jahon banki g‘aznachiligi dasturi xalqaro hamkorlar bilan aloqalar departamenti (RAMP) direktori Marko Ruiz, Janubiy Koreya Markaziy banki raisi o‘rinbosari Min Djaxong, Koreya taraqqiyot banki (KDB) boshqaruvchi direktori Dju Dong Bin hamda Kukmin bank raisi o‘rinbosari Poul Djeong Xa bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish masalalari muhokama etildi.

Kiritildi: 19:04 10.11.2023. O'qildi: 1241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!