Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Markaziy bank bir foydalanuvchiga beriladigan bank kartalari sonini e’lon qildi

Markaziy bank bir foydalanuvchiga beriladigan bank kartalari sonini e’lon qildi

Markaziy bank bir mijozga beriladigan bank kartalari sonini vaqtincha chekladi. Endi bir bankda 5 tagacha, jami esa 20 tagacha, shu jumladan, virtual va kobeydjing kartalarini (valyuta kartalaridan tashqari) olish mumkin.

Qayd etilishicha, markaziy bank tomonidan «banklar tomonidan bitta jismoniy shaxsga (bitta JSHSHIRga) kartalar sonini bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha emissiya qilish mumkinligi» bo‘yicha vaqtinchalik tartib ishlab chiqilgan.

Bunda kartalar soni virtual va kobeydjing kartalarini inobatga olgan holda belgilangan (chet el valyutasida ochilgan bank kartalariga tatbiq etilmaydi). Mazkur tartib xizmat doirasida foydalanish uchun bo‘lib, u tijorat banklariga ijro uchun jo‘natilgan.

Tartibni amal qilish muddati 2025 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar etib belgilangan.

Kiritildi: 10:50 08.01.2025. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!