Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Markaziy bank aholining kelgusi 12 oylik inflyasion kutilmalari haqida ma’lumot berdi

Markaziy bank aholining kelgusi 12 oylik inflyasion kutilmalari haqida ma’lumot berdi

Markaziy bank aholining joriy yil oktyabr oyidagi inflyasion kutilmalari haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, oktyabr oyida aholining kelgusi 12 oylik inflyasion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan pasayib, 12,8 foizga teng bo‘ldi. Kelgusida narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida valyuta kursi o‘zgarishi hamda kommunal xizmatlarning qimmatlashishini qayd etish oshgan bo‘lsa, ish haqi va nafaqalar oshishini omil sifatida belgilagan respondentlar ulushi kamaygan.

Aholining yuqori inflyasion kutilmalari maishiy xizmat sohasi vakillari tomonidan bildirilgan bo‘lsa, kelgusida narxlar shakllanishi bo‘yicha nisbatan past kutilmalar ishlab chiqarish sohasi vakillari tomonidan qayd etildi.

Aholi inflyasion kutilmalarining yuqori ko‘rsatkichi Toshkent viloyatida kuzatilgan bo‘lsa, nisbatan past inflyasion kutilmalar Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qilayotgan aholi tomonidan qayd etildi.

Tadbirkorlik sub’ektlarining inflyasion kutilmalari esa o‘tgan oyga nisbatan sekinlashib, 12,0 foizni tashkil etdi.

Kelgusida narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida kommunal xizmatlar qimmatlashishi, ish haqi oshirlishi va soliq yukining yuqoriligini belgilagan tadbirkorlar ulushi kamaygan.

Tadbirkorlarning yuqori inflyasion kutilmalari tashish xizmati sohasida faoliyat olib boradigan korxonalar tomonidan qayd etilgan bo‘lsa, kelgusida narxlar shakllanishi bo‘yicha nisbatan past kutilmalar qishloq xo‘jaligi sohasida kuzatildi.

Tadbirkorlik sub’ektlarining yuqori inflyasion kutilmalari Navoiy viloyatida kuzatilgan bo‘lsa, nisbatan past kutilmalar Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar tomonidan qayd etildi.

Daromadlari 7 mln.so‘mdan yuqori bo‘lgan aholining inflyasion kutilmalari nisbatan yuqori darajada shakllandi. Ya’ni bunda 7-10 mln so‘m daromad qiluvchilarning 13,5 foizi kelgusidagi inflyasiyani yaxshiroq his qilishi mumkinligini aytgan bo‘lsa, 10-15 mln daromad oluvchilar bu borada 14,4 foizni, 15 mln so‘mdan yuqori daromadlilar esa 13,9 foizni tashkil qilgan.

Kiritildi: 11:28 07.11.2024. O'qildi: 544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!