Ozarbayjonning "Caliber" nashri "ishonchli hukumat manbalariga" tayanib, AZAL samolyoti o‘sha kuni Grozniyga dron hujumini qaytarish uchun ishlatilgan Pansir havo mudofaa tizimi tomonidan urilganini yozadi. Ozarbayjon tomoni uchun "vaziyat mutlaqo aniq", deydi Caliber.
“Hech kim bu maqsadli qilingan deb da’vo qilmaydi, ammo aniqlangan faktlarni hisobga olgan holda, Boku Rossiya tomoni Ozarbayjon samolyotini urganini tan olishini, Ozarbayjon xalqidan rasman uzr so‘rashini va to‘liq tergov o‘tkazishini kutmoqda. Buning natijasida barcha aybdorlar javobgarlikka tortiladi, deya xulosa qiladi Caliber.
Nashr manbalari, shuningdek, Maxachqal’a va Mineralniye Vodi ayeroportlari shikastlangan samolyotni qabul qilishdan bosh tortgani va Rossiyaning elektron urush tizimlari (EW) uning yer bilan aloqasini to‘sib qo‘yganini tasdiqladi.
Samolyot Qozog‘iston hududiga yetib bormay, dengizga qulab, voqea guvohlarini o‘zi bilan birga g‘arq qiladi, degan umidda Aqtauga yo‘naltirilgan, deydi Caliber.