Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Ozarboyjon hukumatidagi manbalar Azerbaijan Airlines samolyoti Rossiya raketasi bilan urib tushirilganini tasdiqladi — Euronews

 Ozarboyjon hukumatidagi manbalar Azerbaijan Airlines samolyoti Rossiya raketasi bilan urib tushirilganini tasdiqladi — Euronews

"Aktaudagi samolyot halokatiga Rossiyaning “er-havo” tasnifidagi raketasi sabab bo‘lgan. Raketa samolyotni Grozniy ayeroportiga qo‘ndirishga urinishlar chog‘ida uchirilgan. O‘sha paytda hududda dronlar hujumi kuzatilayotgan va havo hujumidan mudofaa tizimi ishlayotgan bo‘lgan. Havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi samolyot yaqinida portlab ketgan, uning parchalari esa samolyotga shikast yetkazgan", deb yozadi telekanal Ozarboyjon hukumatidagi manbalariga tayanib.

Manbalarning Euronews'ga ma’lum qilishicha, uchuvchilarning shoshilinch qo‘nish so‘roviga qaramay, shikastlangan samolyotga Rossiya ayeroportlariga qo‘nishga ruxsat berilmagan, ularga Kaspiy dengizi orqali Qozog‘istonning Aktau shahri tomon uchish buyurilgan.

Kiritildi: 18:13 26.12.2024. O'qildi: 2846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!