Moskvaning SSKA va O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev nega haligacha ota-onasini Rossiya poytaxtiga ko‘chirmagani haqida gapirib berdi.
"Ular bu yerda zerikishadi. Ba’zan bir-ikki haftaga kelishadi-yu, keyin Sirdaryoni sog‘inib qolishadi. U yerda barcha qarindoshlarim va do‘stlarim bor", - dedi Fayzullayev Sport24 nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek SSKA safida bir yildan ko‘proq vaqt davomida to‘p tepmoqda. U poytaxt klubiga 2023 yilning yozida kelib qo‘shilgandi.