Bangui yaqinidagi Mpoko daryosida kema cho‘kib ketishi oqibatida kamida 60 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda RFI radiostansiyasi xabar berdi.
Uning qayd etishicha, kemada 300 ga yaqin odam, jumladan, dafn marosimiga ketayotgan ayollar va bolalar bo‘lgan. 100 ga yaqin odam qutqarib olindi, bedarak yo‘qolganlarni qidirish davom etmoqda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, kema portdan chiqib, daryoning o‘rtasiga yetib borgach, deyarli yarmiga bo‘lingan. Rasmiylarning fikricha, kema halokatiga kema xavfsiz sayohat qilish uchun bortda olib yurishi mumkin bo‘lgan yo‘lovchilar sonining sezilarli darajada ko‘pligi sabab bo‘lgan.