Mark Sukerberg Floridadagi “milliarderlar bunkeri”ga ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Meta rahbari Mark Sukerberg rafiqasi Prisilla Chan bilan birga Mayamidagi yopiq Indian Creek orolida joylashgan sohilbo‘yidagi yangi hashamatli uyni sotib olmoqda. Bu orolda Jeff Bezos va Karl Aykanning ham uylari bor.
Riyeltorlar ma’lumotiga ko‘ra, bitim qiymati 150–200 million dollar atrofida bo‘lishi mumkin. Orol Qo‘shma Shtatlardagi eng yopiq va eng yaxshi qo‘riqlanadigan turar joy hududlaridan biri hisoblanadi.