Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Marhum Andrey Kubatinning murojaati qondirilgani ma’lum qilindi (FOTO)

Marhum Andrey Kubatinning murojaati qondirilgani ma’lum qilindi (FOTO)

Oliy sud Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Klara Saxarova tomonidan e’lon qilingan videomurojaat yuzasidan ma’lumot berdi.

Marhum Andrey Kubatinning murojaati qondirilgani ma’lum qilindi (FOTO)

"O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga da’vo ariza bilan marhum A. Kubatin 2020 yil 25 sentyabr kuni murojaat qilib, 1 000 000 000 so‘m ma’naviy zararni hamda sud harajatlariga ketgan 446 000 so‘m va pochta harajatlari uchun ketgan 16 000 so‘m moddiy zararni Toshkent shahar hokimiyati Moliya bosh boshqarmasidan undirib berishni so‘ragan.

Ushbu da’vo arizasi 2020 yil 27 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan qisman qanoatlantirilib, A. Kubatin tomonidan sud harajatlariga ketgan 446 000 so‘m va pochta harajatlari uchun ketgan 16 000 so‘m moddiy zararni Toshkent shahar Bektemir tumani hokimiyati moliya bo‘limi uning yaqin qarindoshlariga qaytarish belgilangan, ma’naviy zarar bo‘yicha fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqi borligi tushuntirilgan", deyiladi ma’lumotda.

Kiritildi: 15:58 01.12.2020. O'qildi: 3062 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!