Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Marg‘ilonda YTH oqibatida haydovchi halok bo‘ldi

A A A
Marg‘ilonda YTH oqibatida haydovchi halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Hodisa kecha, 19 aprel kuni Marg‘ilon shahar N.Xolmatova ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi M.T. o‘z boshqaruvidagi Volkswagen rusumli avtomashinasini haydab borayotib, 2003 yilda tug‘ilgan haydovchi M.M. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashina bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Spark avtomashinasi haydovchisi M.M. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Kiritildi: 06:43 21.04.2024. O'qildi: 923 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!