Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Margarita Simonyanning «YouTube qotili» loyihasi barbod bo‘ldi

Margarita Simonyanning «YouTube qotili» loyihasi barbod bo‘ldi

Margarita Simonyan rahbarligidagi Russia Today tarkibidagi «TV-Novosti» agentligi tomonidan ishga tushirilgan «Platforma» videohosting loyihasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Bu loyiha YouTube’ga raqobatchi bo‘lishni maqsad qilgan edi, ammo hatto Rossiyadagi 1000 ta eng ommabop sayt ro‘yxatiga ham kira olmadi.

«Sistema» tahlil markazi ma’lumotlariga ko‘ra, «Platforma» sayti kunlik faqat bir necha o‘n ming foydalanuvchi trafigini ko‘rmoqda. Bu ko‘rsatkich RuTube’ning 7 mln va YouTube’ning yuz millionlab auditoriyasi bilan taqqoslaganda juda past. MTS’ning Nuum videoxostingi ham 70 ming kunlik foydalanuvchi to‘plab, yopilishga majbur bo‘lgan edi, «Platforma» esa undan ham yomon natija ko‘rsatmoqda.

Similarweb ma’lumotlariga ko‘ra, «Platforma» Rossiya saytlari orasida 1754-o‘rinda turibdi. Yangi videolar kamdan kam hollarda 5 ming ko‘rishdan ortiq natija qayd etmoqda. RT akkauntlaridagi obunachilar soni o‘nlab odamdan oshmaydi, Simonyanning shaxsiy kanalida esa atigi 320 obunachi bor va u oxirgi videoni ikki oy oldin joylashtirgan.

Platformada asosiy trafik pirat kontenti — sport translyasiyalari, filmlar va seriallar hisobiga shakllanmoqda. Bu natijalar fonida loyiha rahbariyati rebrending va servisni qayta ishga tushirishni e’lon qildi. Ular pirat kontentni vaqtincha yopish va mobil ilova yaratish ustida ish olib borayotganini bildirdi.

Loyiha 2024 yil iyunida ishga tushirilgan va 4K sifatda videolar, subtitrlar va Shorts formatda qisqa roliklar taklif qilishni maqsad qilgan. Ammo platformada monetizasiya yo‘q va moderasiya «aksilrossiya» kontentni cheklab qo‘ygan.

Kiritildi: 16:41 28.06.2025. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!