Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Maradonaning jasadi bilan ochiq tobut yonida suratga tushishdi, oqibatda... (FOTO)

Maradonaning jasadi bilan ochiq tobut yonida suratga tushishdi, oqibatda... (FOTO)

Argentinada dafn marosim xizmati xodimlari Diyego Maradona jasadi bilan ochiq tobut yonida suratga tushishdi, bu esa katta janjalga sabab bo‘ldi, deb xabar qildi TN nashri.

Nashr qilingan suratlarning birida, byuro xodimi qo‘lini Maradonaning peshonasiga qo‘yib, bosh barmog‘ini tepaga (zo‘r) ishorasini ko‘rsatib suratga tushgan.

Dafn marosimi byurosi xodimlarining xatti-harakatlari Argentina jamiyatining g‘azabiga sabab bo‘ldi, ko‘pchilik ularni jazolashni talab qilmoqda.

Byuro rahbari xodimlardan biri ishdan bo‘shatilgani haqida xabar berdi va futbolchining oilasidan kechirim so‘radi.

Kuni kecha Buenos-Ayresda 60 yoshida odamdan ko‘z yumgan jahon futboli afsonasi Diyego Maradonaning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi.

Diyego Maradonani so‘nggi marta 30 oktyabrda omma orasida ko‘rishgan. U Argentina chempionatining 1-turi "Ximnasiya va Esgrima" va "Patronato" (3:0) o‘rtasida kechgan, o‘zining 60 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuvida ko‘rinish bergan.

Uchrashuv oldidan Maradonaga esdalik taxtachasi topshirilgan. Diyego matchni oxirigacha tomosha qilmagan, o‘zini yomon his qilayotganini aytib, ketgan. Maradonaning sog‘ayishi alkogolizm va narkomaniya oqibatlari tufayli qiyinlashgan edi.

Kiritildi: 15:33 27.11.2020. O'qildi: 14309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!