Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Maradonaning 1986 yilgi mashhur goli urilgan to‘p 10 mln dollardan ortiq baholanmoqda

Maradonaning 1986 yilgi mashhur goli urilgan to‘p 10 mln dollardan ortiq baholanmoqda

1986 yilgi jahon chempionati chorak finalida Diyego Maradonaning Angliya darvozasiga mashhur «Qo‘l bilan urilgan gol»ini kiritganida ishlatilgan to‘p AQShda auksionga qo‘yiladi.

AFP ma’lumotiga ko‘ra, auksion 21–23 avgust kunlari o‘tkaziladi. To‘p uchun savdolar 2,5 mln dollardan boshlanadi, uning taxminiy qiymati esa 10 mln dollardan yuqori baholanmoqda.

Argentina mazkur uchrashuvda Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan. Maradona o‘yinda ikki marta gol urgan. Uning ikkinchi goli o‘z maydoni yarmidan boshlangan yakkakurashdagi ajoyib harakatdan so‘ng kiritilgan bo‘lsa, birinchi goli futbolchining qo‘li bilan urilgan va keyinchalik «Qo‘l bilan urilgan gol» nomi bilan mashhur bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, uchrashuvni boshqargan tunislik hakam Ali Bennaser to‘pni o‘yindan keyin olib qolgan va unga o‘z yordamchilarining dastxatlarini qo‘ydirgan. U to‘pni 30 yildan ortiq vaqt davomida saqlagan.

Heritage Auctions ma’lumotiga ko‘ra, to‘p sport kolleksiyalari bo‘yicha ixtisoslashgan ikki kompaniya tomonidan ekspertizadan o‘tkazilib, haqiqiyligi tasdiqlangan.

Maradonaning mazkur uchrashuvda kiygan futbolkasi esa 2022 yildagi auksionda 9,3 mln dollarga sotilgan.

Kiritildi: Bugun 18:50. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!